2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialida hayriya aksiyasi o‘tkazildi
  • 12.05.2025
  • 70

Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Barcha mehnat va urush faxriylari, baynalminal jangchilarga hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi. Ular ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu quvonchli kunlarda xalqimiz moʻtabar keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilib, ularning duosini olmoqda. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolarining holidan xabar olinib, ularga zarur ko‘mak va yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Shu qatorda energetika sohasi faxriylari xolidan xabar olish anʼanasi ham mavjud bo‘lib, bayram arafasida mehnat faxriylari va kam taʼminlangan oilalarga hayriya aksiyasi doirasida yordam qo‘li cho‘ziladi.  

Shunday tadbirlardan biri “Andijon magistral tarmoqlari” filiali Kasaba uyushma boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazildi. Mehnat faxriylari va kam taʼminlangan  oilalarga birinchi ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirildi.

 “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali maʼmuriyati

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati