O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Latviya Markaziy moliya agentligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” loyihasining 2025-yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq o‘quv seminarlari rejalashtirilgan.
O‘quv seminarlari davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik jamiyatlarining o‘rta va yuqori darajadagi davlat xizmatchilari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida bo‘lib, IHTTning O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarning 5-raund monitoringi tavsiyalari inobatga olingan holda o‘tkaziladi.
Joriy yilning 12-may kuni “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish”
loyihasining 2025-yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan o‘quv seminarida “O‘zbekiston millliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i A.Raxmonov va bosh mutaxassisi Z.Xakimov ishtirok etishdi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati