⚡️ Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, ko‘rik tadbirida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi 110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Shuningdek, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ayrim liniyalarni mustahkamlash uchun qo‘shimcha tayanch ustunlari, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar o‘rnatilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati