Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazi (CAEx)da “O‘zbekiston energetika haftaligi” o‘z ishini boshladi.
13 — 15-may kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur “O‘zbekiston energetika haftaligi – 2025” bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
Xususan, “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi, “Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” 18-xalqaro ko‘rgazmasi, “Markaziy Osiyoning yashil va energiya tejovchi texnologiyalari - GETCA” ixtisoslashtirilgan bo‘limi 5-xalqaro energetika konferensiyasi, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan bir qator G2B va B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashshqari, ko‘rgazma anjumanlari doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzular yuzasidan qator xalqaro ko‘rgazma hamda konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/16204
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati