2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Xotin-qizlar
«Toshkent MET” filiali Chinoz uchastkasi boshlig‘i Nurjan Mutalovich Mustafayev oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
  • 13.05.2025
  • 75

Ibratli oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlashga munosib hissa qo‘shgan oilalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida, joriy yilning 13-may kunida bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali Chinoz uchastkasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini yuritib kelayotgan Mustafayev Nurjan Mutalovichlar oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Oilaboshi – Mustafayev Nurjan Mutalovich, 1990-yildan buyon energetika sohasiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Korxona tomonidan bir necha bor namunali xulqi va samarali mehnati uchun faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

Oila bekasi – Mustafayeva Nurkul Kuralovna, 35 yildan buyon Toshkent viloyati Chinoz tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 8 nafar o‘quvchi shogirdlari rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha turli darajadagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan.

3 yil davomida oila bekasi N.Mustafayeva Toshkent viloyati Chinoz tumani “Ko‘tarma” mahalla fuqarolari yig‘ini qoshidagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a’zosi.  “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a’zosi sifatida 37 ta ajrim yoqasidagi oilada olib borilgan nizoni bartaraf etish (mediatsiya) jarayonlarida faol qatnashgan.

Oilada to‘rt nafar farzand bor, barchasi oliy ma’lumotli.

O‘g‘li Y.N.Mutalov – 2013-yil Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika-informatika yo‘nalishini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.  Hozirda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Kelini Z.Mutalova – 2013-yil Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika-informatika yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.

O‘g‘li T.N.Mutalov 2016-yilda Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti Maxsus fakultetini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor. Hozirda Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika ekspert bosh markazi xodimi (Mayor).

Kelini D.Mutalova – 2018-yil Guliston davlat universiteti Qozoq tili va adabiyoti yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi     4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘g‘li O.N.Mutalov – 2019-yilda Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti Maxsus fakultetini tamomlagan. Hozirda Mudofaa vazirligi 84112-harbiy qism katta ofitseri (kapitan) lavozimida ishlab kelmoqda.

Kelini A.Mutalova – 2020-yil Toshkent davlat pedagogika universiteti Kasb ta’limi yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida texnologiya fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘g‘li A.N.Mutalov – Guliston davlat universiteti tarix fakulteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. Hozirda Toshkent shahar IIBB JTSB PPXB 2-MSB 1-otryad inspektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Kelini Z.Mutalova – O‘zbekiston Milliy universiteti ingliz tili yo‘nalishi  4-bosqich talabasi.

L.B. G‘oziyeva, “O‘zbekiston MET” AJ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati