2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi MET filiallarida pudratchi tashkilotlar tomonidan 2025-yilda bajarilishi rejalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati
  • 14.05.2025
  • 111

Podstansiyalar quvvatini oshirish bo‘yicha

Andijon viloyatida 220 kV kuchlanishli “Saroy” podstansiyasidagi 2x125 MVA quvvatli 220/110/10 kV AT-1, AT-2 transformatorlarini demontaj qilib, uning o‘rniga Andijon viloyatidagi 220 kV kuchlanishli “Yulduz” podstansiyada transport holatida saqlanayotgan, 2 dona OSFPSZ rusumli 200 MVA quvvatli kuch transformatorlarni olib borib o‘rnatish va sozlash ishlarini bajarib to‘liq ishga tushirish.

Oraliq masofa: 35,0 km

Og‘irligi: 198,4 tonna, (transport xolatidagi og‘irligi 137,8 tonna)

Ishlarni bajarish muddati: Ish rejimiga asosan 2025-yil may-iyun oylari ichida 25 kun muddatda.

Ish hajmi: Transformatorni olib borish, joyiga o‘rnatish, demontaj-montaj va sozlash ishlarini to‘liq bajarish hamda kuchlanish ostiga qo‘yish.

Eslatma: Bajariladigan ishlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgan smeta hujjatlari hamda bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilishi lozim.

Xaridlar transformatsiyasi ofisi
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati