“O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov “China Energy Engineering Corporation” (CEEC) kompaniyasi bosh direktori Ni Chjen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, xususan, energetika, infratuzilma va sanoat sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda CEECning faol ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar elektr energiyasi ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, zamonaviy injiniring va qurilish texnologiyalarini joriy qilish sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, murakkab texnologik inshootlarni qurish, kadrlar tayyorlash va raqamlashtirishni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Manba: https://t.me/hidoyatov_bsh/760
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati