⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan 110–220 va 500 kV kuchlanishli liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining magistral elektr tarmoqlarida o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarini mustahkamlash va shikastlangan tarmoq elementlarini almashtish amaliyotlari bilan band.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati