Aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati va Muvofiqlik (komplayns) xizmati tomonidan har yili ochiqlik sohasidagi o‘z faoliyatini takomillashtirish yoki ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha 3 tadan kam bo‘lmagan takliflar ishlab chiqib, ochiq eʼlon qilish anʼanasi mavjud.
Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining taklifi va tashabbusi bilan 2019-yildan buyon "YIL SARHISOBI" nomli turkum hisobotlar eʼlon qilib boriladi. Bu orqali Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi har bir bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, xizmat va filiallarning bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etib boriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati