2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
EKO-SAYOHAT: Toshkentlik energetiklar “Oila va jamoa bilan sayohat kuni” dasturiga muvofiq Zomin qo‘riqxonasiga sayohat uyushtirishdi
  • 19.05.2025
  • 70

Prezidentimiz raisligida 9-aprel kuni turizm salohiyatini oshirish, ichki va tashqi sayyohlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar va mehnat jamoalarini sayohatga faol jalb etish maqsadida har oyning bir shanba-yakshanbasini “Oila va jamoa bilan sayohat kuni” deb e’lon qilish taklifi bildirilgan edi.

Ushbu tashabbus doirasida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida samarali mehnat qilib kelayotgan, faolligi va intizomi bilan ajralib turuvchi xodimlardan bir guruhi Jizzax viloyati Zomin tumaniga eko-sayohatga yuborildi. Sayohat davomida ular Zominnning qadimiy tarixi, milliy merosi va zamonaviy taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayohat dasturidan Zomin qo‘riqxonasi, qo‘riqxona hududidagi dor yo‘liga sayohat "Wyndham" mehmonxonasida 53-kishilik tushlik, 10 ming yillik chinorni ziyorati, shisha ko‘prik sayohatlari o‘rin oldi. Xodimlar nafaqat dam oldilar, balki o‘z bilim va dunyoqarashlarini kengaytirdilar, eko-sayohat tadbirlarida jamoa bo‘lib ishtirok etib, o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlashga ham erishdilar.

Bunday sayohatlar mehnatkashlarni rag‘batlantirish, turizm madaniyatini shakllantirish va vatanga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat