2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1: Elektr energiya iste’moli yuqori darajaga chiqishi kutilayotgan yoz mavsumida energiya samaradorligiga erishishga oid tavsiyalar jonli efirga uzatildi
  • 19.05.2025
  • 32

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Shu kunning mavzusi» dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, elektr energiya iste’moli yoqori darajaga chiqish kutilayotgan yoz mavsumida energiya samaradorligiga erishish uchun tavsiyalar berildi. Jonli radiomuloqotda bir qarashda juda mayda, ammo o‘ta muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.

⚡️ Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov va "Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev ishtirok etdi.

Dastur davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, energiya resurslarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq liberalizatsiyalash, shuningdek, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalariga oid mulohazalar bayon etildi.

Dastur davomida iste’molchilarga ayrim tavsiyalar berib o‘tildi.

Radioboshlovchi Naffal Sodiqjon o‘g‘li.
 
Dasturni Mavjudaxon Oppoqxo‘jayeva tayyorladi.  

Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

‖  FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati