“O‘zbekiston MET” AJ ning 2025-yil 4-fevraldagi 2-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiyada “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyatida joylashgan favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa tezkor xizmat vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari o‘rganildi.
Mashg‘ulotlarda energetika obyektining fuqaro muhofazasi tuzilmalari tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lganda viloyat hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Shuningdek, tadbir davomidagi o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.
⚡️ Mashg‘ulotlarda, shu bilan birga, podstansiyada mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi-xodimlarning favqulodda holatda avariya oqibatlarnini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.
Tadbir yakunida mashg‘ulot muhokamasi o‘tkazilib, qatnashchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir xizmat xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari, xususan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va o‘t o‘chirishdagi tezkor harkati bo‘yicha bilimlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati