2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
IJRO INTIZOMI: Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining Prezident farmoni ijrosi yuzasidan hisobot taqdimoti hamda haftalik joriy masalalаr muhokamasi
  • 23.05.2025
  • 80

Bugun, 2025-yil 23-may kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi ishchi tartibidagi masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 199-son majlisi bayoni bajarilishida “O‘zbekiston METi” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining masʼuliyati to‘g‘risida hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ( boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov) tomonidan haftaning har dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.

Yig‘ishning ikkinchi qismida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sobirjon Sadullayevich «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish» hamda «Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari» yo‘nalishida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot maʼlumotlari hamda slayd taqdimoti havola etildi.

Ma’lum qilindiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 6-martdagi F-18-son Farmoyishiga asosan Aksiyadorlik jamiyat tomonidan jami 2,4 mlrd.so‘m pul mablag‘lar Farmonda belgilangan mahalla va ovullarga yo‘naltirilgan.

Natijada, 8 ta yo‘nalish bo‘yicha yuqori natijalar  ko‘rsatilib, belgilangan vazifalar bajarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli Farmoyishi ijrosi bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti (slayd)

Bunda:

1️⃣ Har bir mahallada yetakchi tadbirkorlarni biriktirish orqali aholi tomorqalarida “Bir mahalla  — bir mahsulot” hamda ijara yerlarida “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishini tashkil etish.

2️⃣ Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ariq va zovurlarni tozalash bo‘yicha ommaviy hashar va madaniy tadbirlarni tashkil etish.

3️⃣ “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doirasida daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil etish, kambag‘al oilalar xonadonlariga ekish uchun mevali daraxtlar ko‘chatlarini yetkazib berish.

4️⃣ Mahallalarda mini-traktor va motokultivatordan foydalangan holda aholi tomorqalarini ekin ekishga tayyorlash ishlarini tashkil etish hamda ularga usta-dehqonlar va agronomlarni biriktirish.

5️⃣ Suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan  mahallardagi sug‘orish tizimi bilan taʼminlash bo‘yicha loyihalarni Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlash.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/34743

6️⃣ Kambag‘al oila aʼzolari  hamda ishsiz fuqarolarga moliyaviy ko‘mak paketlari (ixcham issiqxona, parranda, baliq, chorva mollari, asalari qutilari, limon, xurmo va boshqa ekinlarning ypyg‘ va ko‘chatlari) taqdim etilishini taʼminlash.

7️⃣ Mahallalarda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan mikroloyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rish.

8️⃣ Kambag‘al oilalarning og‘ir kasalligi hamda nogironligi bo‘lgan aʼzolarining davolanishiga ko‘maklashish, farzandlarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘qitish.

▶️ Batafsil 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 martdagi F-18-sonli Farmoyishi ijrosi bo‘yicha

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati