2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Latviya Markaziy moliya agentligi bilan hamkorlikda xalqaro tajriba o‘rganildi
  • 23.05.2025
  • 46

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Latviya Markaziy moliya agentligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” loyihasiga muvofiq o‘quv seminar tashkil etildi.

2025-yil chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 21-22-may kunlari davlat xizmatchilari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida (IHTTning O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarning 5-raund monitoringi tavsiyalari inobatga olingan holda) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida o‘quv seminari bo‘lib  o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminarida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i Alisher  Raxmonov va bosh mutaxassis Zokir Xakimov ishtirok etishdi.

‖  FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati