«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 220 kV kuchlanishli L-S-S elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari hamda 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–527 bo‘lgan elektr tarmog‘ida mukkamal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
⚡️ Misol uchun, mutaxassislar tomonidan liniyaning PF-4.5 rusumli izolyatorlarni yangi — PSD-70E rusumli izolyatorlarga almashtirishtirib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi, qushlar qo‘nishga qarshi o‘rnatilgan moslamalar sozligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarildi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati