Xitoy quyosh energetikasi boʻyicha yangi rekordga qarab ketmoqda
☀️ 2025-yilning dastlabki toʻrt oyi yakunlariga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasida quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 42 foiz oshdi va 329 milliard kVt⋅soatga yetdi. Bu koʻrsatkich 2021-yilning butun yillik natijasi (327 mlrd kVt⋅soat)dan ham yuqori.
Joriy yil yakuniga qadar mamlakatda quyosh energetikasi orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 1 trillion kVt⋅soatdan oshishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, yoz oylaridagi mavsumiy oʻsish muhim ahamiyatga ega. Taqqoslash uchun: Rossiyada 2024-yili umumiy elektr energiyasi isteʼmoli qariyb 1,2 trillion kVt⋅soatni tashkil etgan.
▶️ Tarmoq rivojining asosiy harakatlantiruvchi kuchi – elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi infratuzilmaning kengayishi hisoblanadi. Ember maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Xitoyda 278 GVt quvvatga ega quyosh panellari ishga tushirilgan boʻlib, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 28 foiz koʻp. Ushbu “yangi” quvvatlarning 57 foizi yirik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri kelsa, 43 foizi tarqoq (mahalliy) quyosh generatsiyasi hissasiga toʻgʻri keladi.
Manba: https://t.me/riseofelectro/6248
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati