O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirinig 2024-yil 22-yanvardagi “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i hamda “O‘zbekiston milliy elekt tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatning 2025-yil 4-fevraldagi 2-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 22-may kuni “Toshkent-500” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘loti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi obyektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni zilzila sodir bo‘lganda Ichki ishlar, FVB, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlari hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirishdan iborat.
O‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong’ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv va shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilindi. O‘quv mashqlarining natijalariga ko‘ra Tayyor deb baholandi.
Maxsus-taktik o‘quv mashg‘lotidan fotolavhalar
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati