Murojaat egasi: Sherzod Shomurodov, Samarqand viloyati, “Alisher poliz ekinlari” fermer xo‘jaligi (Paxtachi tumani, Bo‘ston MFY).
Elektron pochta: ko’rsatilmagan.
Murojaat mazmuni: “Alisher Poliz ekinlari fermer xo‘jaligi maʼmuriyati shuni yozib maʼlum qiladiki, bizga 220/110/10 kV kuchlanishli «Suvli» podstansiyasi SSH-3 dan zaxira quvvati uchun texnik shart olishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.”
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sherzod Shomurodov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masalaga rasmiy xat shaklidagi javob sifatida pochta orqali yuborilmoqda:
Batafsil javob: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Bo‘ston MFY “Alisher poliz ekinlari” fermer xo‘jaligini 220/110/10 kVli “Suvli” podstansiyasining 10 kVli shinalar seksiyasiga ulash yuzasidan murojaatini atroflicha o‘rganib chiqib, quyidagilar ma‘lum qilinadi:
Obyektni yagona energotizimga ulash uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi "Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 338-son qarorining 3-bo‘limi talablariga binoan foydalanuvchi tomonidan "Uzatish tizimiga ulanish" uchun talabnoma kiritilishi (ilova qilinadi), ulanish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishi va tadqiqot natijalari bo‘yicha texnik yechimning eng maqbul varianti bo‘yicha Uzatish tizimi operatori tomonidan texnik shart berilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ishlar bajarilgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda texnik shart berilishi ma’lum qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti faoliyat yuritmoqda va unda boshqa murojaatlarga taalluqli batafsil maʼlumotlar mavjud.
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
“Biz bilan bog‘lanish” rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/pages/view/contact_us
Yuridik va joylashuv manzili: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal “Minor” metro bekati.
Telefon: +998 71-236-6035 (Axborot xizmati)
Telefon: +998 55 500-5545 (Ishonch telefoni — Call sentr, 9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
Telefon: +998 71-208-5622 (Boshqaruv raisi yordamchisi)
Devonxona: +998 71-236-6226 (Kanselyariya, faqat rasmiy xatlar yuzasidan)
Fuqarolar murojaatlari uchun: +998 55-503-1392
Idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom
«O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati