2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi tomonidan Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirildi
  • 02.06.2025
  • 100

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2025-yil 31-may, 1-iyun dam olish kunlari Shahrisabz shahridagi A.Temur xiyoboni va  “Miraki” sanatoriyasiga sayohat uyushtirishdi.

"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filialining 52 nafar  ishchi xodimlari va ularning oila aʼzolari bilan birgalikda uyushtirilgan   sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati