2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 03.06.2025
  • 13

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rejaga muvofiq nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan magistral elektr tarmoqlarida o‘tkazilgan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tashkiliy muhandislik va ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda payvandchilar tomonidan tayanch ustunlari tarkibiy elementlarini mustahkamlovchi moslamalar tayyorlash va Taqmoqlar xizmati tomonidan ularni o‘rnatish ishlari aks etgan.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati