2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 04.06.2025
  • 22

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

⚡️ Jumladan,  220 kV kuchlanishli "Samarqand" podstansiyasining 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasi va undan chiquvchi liniyalarda joriy taʼmir va sinov ishlari olib borildi, shuningdek, 220 kV kuchlanishli "Ishtixon" podstansiyasida transformatorlar ostidagi shag‘al qoplamasini yangilash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, 220 kV kuchlanishli "Kattaqo‘rg‘on" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari, "So‘g‘diyona" podstansiyasida kontakt qizishlarning oldi olindi.

 

 

Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining metall konstruksiyali tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati