Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DSBAda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun tizimli malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Qisqa muddatli o‘quv seminarlarida matbuot kotiblari –
⚫️ O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti va barqarorlikka yo‘naltirilgan 2030-yilgi strategik vazifalar;
⚫️ Dunyoning mafkuraviy manzarasi va jamiyatni maʼnaviy taxdidlardan asrash muammolari;
⚫️ Muzokaralar olib borish samaradorligini oshirish usullari;
⚫️ Axborot xizmatlari faoliyatiga doir kasbiy axloqiy va huquqiy asoslar: milliy va xorijiy tajriba;
⚫️ Sunʼiy intellekt: rivojlanish bosqichlari, sohasidagi innovatsiyalar, afzalliklari va xatarlar;
⚫️ Davlat xizmatida protokol va etiket qoidalari kabi mavzularda bilim-ko‘nikmalarini oshirdi.
O‘quv mashg‘ulotlari parallel ravishda nazariy va amaliy olib borildi.
✅ Bugun malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchi-matbuot kotiblariga Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi sertifikati tantanali topshirildi.
Manba: https://t.me/aoka_uz/13187
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati