2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qurbon Hayiti arafasida energetika tizimi korxonalari tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazildi
  • 04.06.2025
  • 27

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimiyatining rasmiy murojaatiga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan Qurbon Hayiti bayrami arafasida Xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Kam taʼminlangan, nogiron hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj 40 ta oilaga homiylik mablag‘lari hisobidan birinchi ehtiyoj ro‘yxatidagi oziq-ovqat (un, yog‘, shakar, guruch, go‘sht, makaron, choy va bayram shirinliklari, shuningdek, kir yuvish kukuni va sovun) mahsulotlar tarqatildi.

Shuningdek, energetika sohasida faoliyat yuritgan mehnat nafaqasidagi faxriylari holidan xabar olindi.

 

© «QARAQALPAQSTAN–MTRK» TELEKANALI

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati