⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Shu jumladan, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 110–220 kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarini mustahkamlash va shikastlangan tarmoq elementlarini almashtish amaliyotlari bilan band.
Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining metall konstruksiyali tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati