Murojaat egasi: Ondayeva Shalola Xolikovna, Toshkent shahri, “O‘rikzor” savdo kompleksi.
Elektron pochta: lazizbekravsanov2017@gmail.com
Murojaat mazmuni: Assalom aleykum! 3 ta omborxonam bor, har biriga 2024-yil 4-yanvar sanasida elektr hisoblagich (schyotchik) o‘rnatilgan va hozirgi ko‘rsatkichi 1 — 4560 kV, 2 — 1380 kV,3 — 260 kV ko‘rsatmoqda (03.06.2025 sana holatiga). Bizda bir kilovatt uchun 1070 so‘mdan to‘langanda, hamma ko‘rsatgichlar qo‘shilganda: 6200 kV × 1070 = 6 634 000 so‘m bo‘ladi. Men 2024-yil dekabrgacha 4 810 000 so‘m to‘laganman va 2025-yil 3-iyungacha 1 400 000 so‘m to‘laganman. Mening hisobim bo‘yicha qarzim 423 000 so‘m, lekin elektr energiya xodimlari qarzim 2,0 mln so‘mdan oshiqligini aytishyapti. Shuni kim to‘g‘ri hisoblab bera oladi?
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Shalola Xolikovna,, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/37368
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati