Bugun, 2025-yil 10-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari F.M.Qurbonov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi ishchi tartibidagi joriy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi va iqtisodiy o‘qish taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov (Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov) tomonidan haftaning har dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ijro intizomiga oid masalalar atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, Feruz Mustafoyevich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 53-sonli qaroriga asosan xorijiy investitsiya hamda kreditlar ishtirokida magistral elektr tarmoqlarini va podstansiyalarini rivojlantirish hamda modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Jumladan, 2025-yil investitsiya dasturi doirasida 461,3 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish rejalashtirilgani (2024-yil o‘zlashtirishga nisbatan 125 foiz), xususan, 2025-yil yanvar-may oylarida 97,7 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 100,2 mln dollar (rejaga nisbatan 102,5 foiz) o‘zlashtirildi. Bunda, 26,6 mln dollar davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari (rejaga nisbatan 104,0 foiz) hamda 73,6 mln dollar boshqa xorijiy investitsiya mablag‘lari (rejaga nisbatan 102,0 foiz) ekani haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
▶️ Batafsil
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati