2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aholidan energiya xarajatlari uchun kompensatsiya olish bo‘yicha arizalar hali ham qabul qilinmoqda!
  • 10.06.2025
  • 24

❗️ Elektr yoki gazdan ko‘p ishlatgan ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan yordam puli — ya’ni kompensatsiya berilmoqda. Bu orqali aholining xarajatlari yengillashtirilmoqda va ijtimoiy tenglik ta’minlanmoqda.

Bugungi kungacha 277 719 ta oila ariza topshirgan. Shundan:

✅  240 018 tasi — ijtimoiy himoya reyestriga yoki kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oilalardan;

✅  37 701 tasi — ro‘yxatga kirmagan, lekin og‘ir ahvoldagi oilalardan.

Ushbu yordam moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Arizalar ko‘rib chiqilmoqda, ehtiyoj aniqlanmoqda va kompensatsiyalar tayinlanmoqda.

☺️  Agar siz hali ariza topshirmagan bo‘lsangiz — yashab turgan mahallangizdagi ijtimoiy xodimga, “Inson” markaziga yoki 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

↗️  Maqsad — har bir fuqaro uchun energiya bilan ta’minlanishda tenglik yaratish va adolatni ta’minlash.

Маnbа: https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/4210

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati