2025-yil 10-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga bankning Investitsiya bloki rahbari (2-region) janob Konstantin Limitovskiy rahbarlik qildi.
Tomonlar energetika sohasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini, hamkorlikning keyingi qadamlarini, shuningdek, infratuzilmaviy tashabbuslarni moliyalashtirish shartlarini muhokama qildilar. Ushbu loyihalar O‘zbekiston energetika tizimini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
AIIB tomonidan ko‘rsatilayotgan uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni yuksak qadrlaymiz va o‘zaro manfaatli hamkorlik yana-da mustahkamlanishiga ishonch bildiramiz.
#AIIB #O‘zbekiston #MET #Energetika #Infratuzilma #BarqarorRivojlanish #Investitsiyalar
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati