2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: Ayni paytda хalqaro toifadagi xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda
  • 11.06.2025
  • 34

Maʼlumki, mamlakatimiz energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga yangi texnologiyalar, zamonaviy qurilmalar, innovatsiyon ishlanmalar kirib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, soha mutaxassislarining bilim-malakasini doimiy ravishda oshirib borishni taqozo etadi.

Ayni daqiqalarda, 2025-yil 11-iyun kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati binosining kichik majlislar zalida xalqaro toifadagi mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Belorusiya Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislardan tashqari mamlakatimizdagi elektr energetika tarmoq korxonalar vakillari ham ishtirok etishmoqda.

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi «Energetiklar milliy assotsiatsiyasi«ning 2024-yil 3-iyundagi rasmiy xatiga asosan MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik — Valeriy Leonidovich Radyuk ishtirokida «Energiyani saqlash manbalarining zamonaviy turlari va ularni elektr energetika tarmog‘ida qo‘llash imkoniyatlari» mavzusida o‘tayotgan mazkur seminarda quyidagi masalalr muhokama etlmoqda:

  ♦  Energetika sohasiga kirib kelgan yangi atamalar, ularning tasnifi va mazmun-mohiyati;

  ♦  To‘g‘ri taqsimlangan generatsiya quvvatlari, xalqaro tajriba va elektr energetika umumtizimiga yangi generatsiya quvvatlari va energiya saqlash tizimlarini integratsiya qilish;

  ♦  Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashda «yashil energiya» manbalarininr ahamiyati, loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari, odatiy xatolar va doimiy monitoring.

⇒ O‘quv seminari davom etmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati