Bugun, 2025-yil 11-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ofisida EQUnico SE kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga EQUnico SE kompaniyasi boshqaruvi raisi — janob Krzysztof Dlugosz boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida EQUnico SE vakillari energetika, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish sohalarida muhandislik yechimlarini joriy etishga ixtisoslashgan kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berdilar.
O‘zbekistonning elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalari, shuningdek, innovatsion va “yashil” texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga o‘zaro qiziqish bildirar ekan, texnik ma’lumotlar almashinuvi davom ettirilishini kelishib oldilar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
Investitsiya boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati