2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xorijiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari va shartlari muhokama etildi
  • 12.06.2025
  • 105

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida «Finasia Capital Ltd.», «STJ advisors» va «ScholzvonGleich» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan kapital obligatsiyalarini chiqarish imkoniyati muhokama qilindi.

Mazkur moliyaviy vosita orqali magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari va shartlari ko‘rib chiqildi.

⚡️ Uchrashuvda Iqtisodiyot boshqarmasi mutaxassisi xorijiy mehmonlarga Aksiyadorlik jamiyati haqida umumiy ma’umotlar (taqdimot) berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Yuqorida nomlar tilga olingan kompaniyalar — ofisi xorij va o‘zbekistonda joylashgan moliyaviy konsalting kompaniyalar hisoblanadi.

Bunday moliyaviy konsalting kompaniyalar asosan O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardagi kompaniya va banklar uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar hamda xalqaro moliya bozorlaridan moliyaviy resurslar jalb etish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Ular yangi potentsial hamkor mezonlariga javob beradigan mijozlar uchun mos imkoniyatni qidirishga, shuningdek, bozor sharoitlarini hisobga olgan holda jozibador moliyalashtirish manbasini topishga yordam beradi.

Investitsiya boshqarmasi

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati