⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L-Beruniy liniyasida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar shikastlangan tarmoq elementlarini almashtish amaliyotlari bilan band.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati