O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ–4366-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 844-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida isteʼmolchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan uzviy axborot almanishuvini takomillashtirish hamda OAV va jamoatchilik bilan ishlash ish hajmi sezilarli darajada oshayotgani hisobga olib, Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish uchun Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 14 ta magistral elektr tarmoqlari filiallarining telegram kanallari ishga tushirildi.
Mazkur telegram kanallari orqali elektr energiyasi isteʼmolchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatda joylashgan va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya hamda liniyalarda olib borilayotgan joriy va mukammal taʼmirlash, investitsiya loyihalarining loyihalash, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari, favqulodda (avariyali) yoki rejali (zaruriyat tufayli) o‘chishlar, shu bilan birga, Filiallar faoliyatiga oid xabar va yangiliklar bilan tanishib borishlari mumkin.
MUHIM ESLATMA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya hamda liniyalarda olib borilayotgan joriy va mukammal taʼmirlash ishlarida xavfsiz ish sharoitini yaratish maqsadida u yoki bu podstansiya elektr qurilmasi yoki maʼlum bir texnik muhandislik nomiga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini maʼlum bir vaqt oralig‘ida o‘chirib turish zaruriyati tug‘ilsa, isteʼmolchilar ulangan taqsimlovchi tarmoqlarga “halqalash” usulida boshqa elektr tarmog‘i orqali kuchlanish berib turiladi va ko‘pincha bunday o‘chishlarni isteʼmolchilar sezmaydilar.
ISTEʼMOLCHILAR BILISHI LOZIM BO‘LGAN MAʼLUMOT: Isteʼmolchilar bilan elektr taʼminoti yuzasidan shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, taqsimlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish turdosh tashkilot — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
Facebook – Hududiy электр тармоқлари
Call centre: 1154
QO‘SHIMCHA MAʼLUMOT: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish va elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
Batafsil maʼlumotlar «Eng ko‘p beriladigan savollar» ruknida: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/76
Marhamat, Magistral elektr tarmoqlari filiallarining quyida havolasi ko‘rsatilgan telegram kanallariga aʼzo bo‘ling va ularni mutazam ravishda kuzatib boring:
«ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot
«SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
✍️ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/52509
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati