2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 220 kV kuchlanishli L-Rouston elektr tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 17.06.2025
  • 34

«Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialining yuqori kuchlanishli havo liniyalari xizmati xodimlari tomonidan elektr energiyasini generatsiya (ishlab chiqarish) jarayonidan taqsimlovchi qurilmalarga yetkazib berish barqarorligini ta’minlash hamda havo tarmoqdagʻidagi nosozliklar va uzilishlarni oldini olish maqsadida 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Rouston bo‘lgan havo tarmogʻida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

⚡️ Jumladan, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALI
 kanaliga obuna bo‘ling!