❗️ Siz ham kompensatsiya olishingiz mumkin!
Gaz va elektr to‘lovlari og‘irlik qilyaptimi? Yolg‘iz emassiz. Davlat yordam bermoqda — va siz ham bu imkoniyatdan foydalana olasiz!
Bugungi kungacha 915 151 oila kompensatsiya olish uchun ariza topshirdi!
✅ 808 567 tasi — ijtimoiy himoya reyestrida yoki kambag‘al deb topilgan oilalar,
✅ 106 584 tasi — hali ro‘yxatga kirmagan, ammo yordamga muhtoj oilalar.
Bu yordam — real hayotni yengillashtiradi. Elektr va gaz uchun to‘lovlaringizni qoplashda qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompensatsiyalar 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha to‘lab beriladi.
Siz hali ariza topshirmadingizmi?
Unda endi ayni vaqt:
♂️ Mahalladagi ijtimoiy xodim,
☺️ “Inson” markazi,
yoki 1140 raqami orqali murojaat qiling!
Manba: https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/4294
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati