«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali sizlarga shuni ma’lum qiladiki, ertaga, 2025-yil 18-iyun kuni soat 04:00 dan 11:00 gacha:
♦ 110 kV kuchlanishli L-AMU-Termiz liniyasining 60-61-72-73-75-76-90-91-92-93-119-120-122-123-127 va 128-sonli tayanchlar oralig‘ida;
♦ 110 kV kuchlanishli L-AMU-Termiz Oktava 15-16 va 48-79-sonli tayanch ustunlari
oralig‘idagi daraxtlarning ayrim shoxlari simga yaqinlashib qolganligi sababli, favqulodda o‘chishlarning oldini olish maqsadida, shuningdek, mutaxassislar uchun xavfsiz ish sharoiti yaratish uchun 110 kV kuchlanishli L-AMU-Termiz elektr tarmog‘i vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.
❗️Elektr tarmog‘ida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilayotgan paytida Termiz shahridagi "Bog‘ishmol", "Manguzar" va "Kattabog‘" mahallalarda vaqtincha (soat 04:00 dan 11:00 gacha) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚡️ Yuzaga kelishi mukin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali axborot xizmati