⚡️ Avval xabar berganimizdek, "Fargʻona magistral elektr tarmoqlari" filialida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda ta’mirlash-sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Jumlada, Farg’ona viloyati hududida joylashgan 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarning texnik holatini yaxshilash maqsadida filialda keng ko‘lamli profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur texnik xizmat ishlaridan ko‘zlangan maqsad — yuqori kuchlanishli podstansiyalarning ishonchliligini oshirish, favqulodda o‘chishlarning oldini olish hamda iste’molchilar elektr ta’minoti barqarorligini berishni ta’minlashdan iborat.
Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlangan ish rejalariga muvofiq, mavsumiy obodonlashtirish tadbirlari ham amalga oshirilmoqda. “O‘zbekiston MET” AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i asosan joriy yil 1-fevraldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda atrof-muhitni obodonlashtirish va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi e’lon qilingan.
Mazkur davr mobaynida Filial tasarrufidagi energetika obyektlari hududida begona o‘tlarni tozalash, yashil hududlarni parvarishlash, yo‘laklarni ta’mirlash, daraxt va butalarni shakllantirish kabi ishlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Bu esa ishchi-xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Fargʻona magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan texnik xizmat, ta’mirlash va obodonlashtirish jarayonlari aks ettirilgan
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati