⚡️ 2024-yilda global elektr energiyasi isteʼmoli 4 foiz oʻsdi va ilk bor 30 milliard kVt⋅soatdan oshdi. “Ember” maʼlumotlariga koʻra, mutlaq ifodada oʻsish 1 trillion 172 milliard kVt⋅soatni tashkil etdi – bundan yuqori koʻrsatkichlar faqat “postpandemiya” yili boʻlgan 2021-yilda hamda “postinqiroz” davri hisoblanmish 2010-yilda kuzatilgan edi.
Jahon elektr energiyasi isteʼmolining deyarli uchdan bir qismi Xitoyga (32,6 foiz) toʻgʻri keldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u AQSHni (14,3 foiz) ikki barobardan ziyod farq bilan ortda qoldirdi. Yevropa Ittifoqi, Hindiston va Rossiyaning jami ulushi 19,4 foizni, qolgan barcha davlatlar ulushi esa 33,7 foizni tashkil qildi.
▶️ Jon boshiga toʻgʻri keladigan isteʼmol boʻyicha yetakchi davlat Kanada boʻldi: 2024-yilda har bir aholiga oʻrtacha 15,5 MVt⋅soat elektr energiyasi toʻgʻri kelgan. Solishtirish uchun, ushbu koʻrsatkichda 10-oʻrinni egallagan Hindistonda jon boshiga oʻrtacha 1,4 MVt⋅soat isteʼmol toʻgʻri kelgan.
Elektr energiyasiga boʻlgan talab oʻsishiga elektromobillar, data-markazlar va issiqlik nasoslari kabi sohalar tobora kuchliroq taʼsir koʻrsatmoqda. 2024-yilda mazkur tarmoqlar global elektr energiyasi isteʼmoli oʻsishining 17 foizini (yaʼni 195 milliard kVt⋅soatni) taʼminladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/16712
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati