2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilmoqda
  • 18.06.2025
  • 40

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 18-iyun kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan, Toshkent tumani isteʼmolchilarining bir qismini taʼminlovchi 35 kV kuchlanishli L–Keles liniyasida nosozlik kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, L-Keles-35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i "Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari" filialiga tegishli “Sokin” podstansichsidan chiquvchi liniya bo‘lib, kabel yaroqsiz (sitilib ketgan) holga kelishi natijasida avariya sodir bo‘lgan. Ushbu kabel 1970 yilda tortilgan. Ayni paytda mazkur kabel ko‘chma laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilmoqda. 

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati