2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
L–Keles liniyasidagi nosozlik bartaraf etilib, 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘iga kuchlanish berildi
  • 19.06.2025
  • 37

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yil 18-iyun kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan, Toshkent tumani isteʼmolchilarining bir qismini taʼminlovchi 35 kV kuchlanishli L–Keles liniyasida nosozlik kuzatilgan edi.

Nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, elektr tarmog‘iga kuchlanish berildi, yaʼni L-Keles liniyasining shikastlangan “A” va “V” faza kabellari taʼmirlanib, soat 02:22 da kuchlanish ostiga qo‘yildi.

Nosozlik sodir bo‘lgan yerosti kabel tarmog‘ini taʼmirlashda yaqindan yordam bergan "Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari" filiali xodimlariga minnatdorlik bildiramiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati