2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasida fuqaro muhofazasi yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi
  • 19.06.2025
  • 45

2025-yilning 18-iyun sanasida «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasi ishchi-xodimlarining fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari attestasiya sinovidan o‘tkazildi.   

Sinov imtihonida energetika obyektining fuqaro muhofazasi tuzilmalari tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lganda viloyat hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan savol-javob natijalari o‘zaro tahlil qilindi. Energetika obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi personalning bilim-salohiyatini yuksaltirish uchun tegisli topshiriq va vazifalar berildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyatida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, fuqaro muhofazasi mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!

 http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot