«Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasi navbatchi xodimlari: Sharofiddin Ortiqov va Ravshanbek Sobirjonovlar — Filial bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan, “Milliy dispetcherlik markazi” DUK “SHMDB” dispetcheri A. Mamatoxunov nazoratida, shartli “L-Janubiy-110 kV elektr uzatish havo tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya natijasida yacheyka L-Janubiy-110 kV EV o‘chmay qoldi” holat-mavzusida avariyaga qarshi amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi.
⚡️ Avariyaga qarshi mashg‘ulotlarlardan so‘ng xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalari, texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda jabrlanuvchiga birinchi yordam berish, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, dispetcher aloqasi orqali vaziyat haqida xabar berish tartibi, yuqori turuvchi tashkilot va dispetcherlik markazlari topshiriqlarini to‘g‘ri qayd etish bo‘yicha bilim-malakasi savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida o‘zining chaqqonligi, favqulodda avariya ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qila olishi bilan qolgan xodimlardan ajralib turgan tezkor ishchi-xodimlar mahorati boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatilib, tadbir tashkilotchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI telegram kanaliga obuna bo‘ling!