2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
220 kV kuchlanishli «Sherobod» podstansiyasi va uning yonidagi «yashil energiya» loyihasi haqida maxsus reportaj tayyorlanmoqda
  • 19.06.2025
  • 7

Ayni paytda "O‘zbekiston-24" telekanali muxbirlari 220 kV kuchlanishli «Sherobod» podstansiya va uning yonidagi «yashil energiya» generatsiya quvvati — quyosh fotoelektrstansiyaga tashrif buyurib, suratga olish ishlarini olib borishmoqda. 

Suratga olish jarayonida jurnalistlar ushbu energetika obyektlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, Surxondaryo viloyatining 70 foiz elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash ega zamonaviy loyihaning hudud iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini o‘rganishmoqda. 

Shuningdek, telekanal ijodkorlari energetika sohasida mavjud ustoz-shogird an’anasi, malakali kadrlarni tayyorlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqishdi. 

⚡️ Biz so‘z bilan aytganda, telekanal jurnalistlari yangi energetika loyihalarining nafaqat viloyatimiz, balki butun Respublikamizda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida maxsus reportaj tayyorlashmoqda. Bu jarayonda shaxsan o‘zim ham ishtirok etib, jurnalistlarga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish qay darajada muhimligini tushuntirdim. 

"O‘zbekiston-24" telekanali muxbirlariga omad tilagan holda ular tayyorlayotgan maxsus reportaj tez kunda efirga uzatilishini kutib qolamiz.                                                                                    

✍️ G‘ulomjon Aliqulov, “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Rele himoyasi va elektr sinovlari xizmati muhandisi

❗️ «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling!

⇒ http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot