2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! Qurilish kompaniyasi tomonidan qazish ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli sodir bo‘lgan elektr taʼminotidagi nosozlik bartaraf etilmoqda
  • 22.06.2025
  • 22

Bugun, 2025-yil 22-iyun kuni, soat 17:22 Termiz shahridagi “Bolajon” bog‘i yonida faoliyat olib borayotgan "Kapital texno stroy" masʼuliyati cheklangan jamiyatining maxsus texnikalari tomonidan Termiz shahar elektr taʼminoti bilan kelishmagan holatda, o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda kabel uzilishi yuzaga kelgan.

⚡️ Natijada Termiz shahrining ayrim hududlarinii taʼminlovchi 110/6 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyasining taqsimlovchi qurilmalarida yong‘in chiqishi kuzatilib, ushbu podstansiya orqali elektr energiya bilan taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning tarmoqdan ajralishiga sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Termiz shahar elektr taʼminoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan 110/6 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyasining taqsimlovchi qurilmalariga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Qisqa muddatlarda nosozlik bartaraf etilib, tarmoqqa kuchlanish beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati