Avval xabar berganimizdek, qurilish kompaniyasi qazish ishlarini noto‘g‘ri olib borgani tufayli sodir bo‘lgan kabel uzilishi va Termiz shahrining ayrim hududlarini taʼminlovchi 110/6 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyasi taqsimlovchi qurilmalarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida nosozlik kelib chiqqan edi.
⚡️ Ayni paytda tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarga boshqa liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilib, kabel tarmog‘i va podstansiyadagi nosozlik oqibatlari bartaraf etilmoqda. Qisqa muddatlarda taʼmirlash-sozlash ishlari yakunlanib, elektr taʼminoti to‘liq tiklanadi.
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati