Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalarining joriy etilishi yuzasidan muhim vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining samaradorligini ta’minlash maqsadida, xorij amaliyoti uyg‘unligida, korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish — bugungi davr talabi.
Xalqaro standart talablariga ko‘ra, Aksiyadorlik jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi tizimli ish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, rahbar xodimlarga shu sohada o‘z malakalarini oshirish hamda malaka oshirishda olgan bilimlarini amalda qo‘llash, umuman tizimli ish jarayonini joriy etish maqsadida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Xususan, 2025-yilning 17–20-iyun kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” ISO 37001:2025 Xalqaro standart bo‘yicha o‘quv kursida Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va uning filiallaridan 40 nafar xodim qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Ushbu o‘quv kursida tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy qilishning asosiy omillari, korrupsiyaviy tavakkallarni (riskni) baholash, manfaatlar to‘qnashuvi hamda sovg‘a olish-berish siyosatini tartibga solish, ichki audit tizimining ishini samarali tashkil etish, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ichki me’yoriy tartib-qoidalarni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli bilimlar o‘zlashtirildi.
✍️ Alisher Raxmonov, Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati