2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Energetika sohasi turdosh tashkilotlari yaqinda ishga qabul qilingan xodimlar uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi
  • 24.06.2025
  • 56

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali hamda "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali hamkorligida yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun malaka oshirish va o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublakasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan turdosh tashkilotlar o‘rtasida kadrlar almanishuvi jarayonida yangi xodimlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, elektr energetika tarmog‘idagi yangiliklar bilan yaqindan tanishish, huquqiy hujjatlarda belgilangan texnik-muhandislik o‘zgarishlari (normativlarni) yod olish, shu bilan birga, ilg‘or tajriba-ko‘nikmalarni o‘zaro o‘rtoqlashishdan iborat.

Malaka oshirish jarayonida soha mutaxassislari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda:

♦ xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi;

♦ elektr uskunalarini boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish;

♦ zamonaviy texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash.

Yangi xodimlar kelajakda soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️  «XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!

 t.me/XorazmMET_Axborot