⚡️ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «DNS-2» podstansiyasini obonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida podstansiya xodimlari tomonidan sug‘orish ishlari uchun nasos stansiyasidan (qariyib 460 metr masofadan) 75 diametrlik polietilen quvuri tortib kelindi.
Ahamiyatli jihati shundaki, podstansiya hududi va atrofida yaratilgan bog‘larni sug‘orish uchun barpo qilingan mazkur tizimida elektr qurilmasi (elektr quvvati), ya’ni nasos dvigateli ishlatilmaydi va suv yuqori havzadan quyi havzaga bosim ostida oqib keladi.
Ma’lumot o‘rnida: 220/110/10 kV kuchlanishli «DNS-2» podstansiyada «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt va ekinlar ekilgan bo‘lib, sug‘orish uchun suv masalasi dolzarb bo‘lib kelgandi. Muammo Filial muhandislari tashabbusi bilan yechim topdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasini yana-da ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida «Yashil belbog‘»lar barpo etilishi ()belgilab berilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling