«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufida 500/220/110/35 kVli podstansiyalar soni 153 taga yetdi va magistrаl elektr tarmoqlarining uzunligi bir necha barobarga oshdi.
⚡️ Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati hududlarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 20 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari podstansiyalarni navbatdan tashqari teplovizor nazorat ko‘rigi aks etgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SamarqandMET_Axborot