2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: 500 kV kuchlanishli L-503 elektr uzatish havo tarmog‘ida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda
  • 25.06.2025
  • 52

⚡️ Avariyalarni oldini olish maqsadida, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” tarkibidagi 500 kV kuchlanishli L-503 elektr uzatish havo tarmog‘ida rejali profilaktika ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon “Farg‘ona MET” bosh muhandisi rahbarligida Qoʻqon elektr uzatish liniyalariga xizmat koʻrsatish (EULX) brigadasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash-sozlash ishlari doirasida tarmoq ustunlaridagi “U” shaklidagi boltlar hamda AN turidagi plitalarni yangilariga almashtirish ishlari bajarildi.

500 kV kuchlanishli L-503 elektr uzatish liniyasining 89-son tayanch ustunining shamol tomonidagi AN bolt va plitalari almashtirildi. 90-son tayanch ustunida esa quyosh chiqish tomoni mumlandi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu texnik xizmat koʻrsatish ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq, 500 kV kuchlanishni uzib qo‘ymasdan, tarmoqni ishchi holatda saqlagan holda amalga oshirilmoqda. Bu esa iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashni kafolatlaydi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot